Toşkent şahridagi Adiblar hiyobonidan ötib borar ekanman, u yerda buyuk mumtoz adabiyotimiz darğalari, jadidçi maʼrifatparvarlar bobolarimizninga muhtaşam yodgorliklari poyiga qöyilgan gullarga qarab, xayolimdan beixtiyor hazrat Alişer Navoiyning quyidagi misralari ötdi: “Barçasini garçi latif aylading, barçasidin insonni şarif aylading”. Darhaqiqat inson şarif zot, uning qadr-qimmatini qança eʼzozlasak ham kam.
Konstitutsiyamizning yangi tahririda mutafakkir allomalarimizning orzu–istaklari mujassam, unda milliy ruhimiz ufurib turibdi, deb öylayman. Zero, insonning qadr-qimmati va or-nomusi daxlsiz ekanligi, heç narsa ularni kamsitiş uçun asos bölişi mumkin emasligi yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 26-moddasida kafolatlanib ötilgan. (Moddaninng mazmuni)
Insonni kamsitiş, obrösizlantiriş, xaqorat qiliş yoki qiynoqqa soliş nafaqat konunçilikka, balki insonparvarlik anʼanalariga zid xatti-xarakat xisoblanadi.
Bunday xarakatlar uçun konunçiligimizda tegişli javobgarliklar mavjud. Masalan, Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasini oladigan bölsak, unda ham heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas, deb belgilab ötilgan.
Sönggi yillarda mamlakatimizda tergov davomida qiynoqga solinişning oldini oliş böyiça köpgina umumbaşariy normalar ratifikatsiya qilindi va ular asosida milliy qonunçiligimiz takomillaştirildi.
Statistik maʼlumotlarga qaraydigan bölsak ötgan yili prokuratura organlariga qiynaş va boşqa tazyiqlar ötkazilgani yuzasidan 308 ta murojaat kelib tuşgan. Bularning 13 tasi qöpol munosabatda bölinganligi, 28 tasi jismoniy va ruhiy tazyiq ötkazilgani, 237 tasi tan jarohati yetkazilgani bilan boğliq. Uşbu xabarlarning barçasi böyiça tekşiruv harakatlari ötkazilib, qatʼiy çoralar körildi. Xususan, qiynoqqa soliş holatlari yuzasidan 21 ta jinoyat işi qözğatilib, 28 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Asosiy qomusimizda insonning qadr qimmatini kamsitişga yöl qöyilmasligining belgilanişi insonga va uning xuquq va erkinliklariga bölgan katta eʼtibordir. (assosiy fikr) Zero barça qonunlarimiz inson uçun işlaşi kerakdir.
Gulçexra Tulaganova
Toşkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori









