Vafot etgan onasini yertölaga yaşirib, pensiyasini olib yurgan firibgar foş böldi

Vafot etgan onasini yertölaga yaşirib, pensiyasini olib yurgan firibgar foş böldi

Avstriyaning Tirol viloyatida yaşovçi kişi onasining mumiyolangan jasadini bir yil yertölada saqlab, uning pensiyasini olib kelgan. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Politsiyaning maʼlumot qilişiça, dementsiyadan aziyat çekkan 89 yoşli ayol 2020 yil iyun oyida tabiiy sabablarga köra hayotdan köz yumgan. 66 yoşli öğli marhumning jasadini uyning yertölasiga yaşirib qöygan. Hid çiqmasligi uçun bint va muz xaltalardan foydalangan. Bundan taşqari, tananing ustiga muşuk axlati uçun möljallangan qorişmani sepib çiqqan.

Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining hisob-kitoblariga köra, onasi vafotidan keyin erkak pensiya sifatida qariyb 50 ming yevroni (630 million söm) noqonuniy özlaştirib olgan.

Uning firibgarligi yangi poçtaçi pensiyani faqat onaxonning qöliga topşirişini aytganidan keyin foş böldi. Pensionerning öğli, tabiiyki, buni rad etgan. Poçtaçi voqea haqida politsiyani xabardor qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari avstriyalikning uyini tintuv qilib, yertölada nafaqaxörning mumiyolangan jasadini topişdi.

Erkak aybiga iqror böldi. Hibsga oliş paytida politsiyaga boşqa daromadlari yöqligini, onasining vafot etgani haqida xabar berganida, pensiya tölovi töxtatilib, dafn marosimiga pul topa olmasligi va birga yaşagan uyini sotişga majbur bölişini tuşuntirgan.

Gumondor şaxs akasiga onasi şifoxonada davolanayotgani, ahvoli şu darajada yomonligidan uni körişga borgan taqdirda ham, heç kimni tanimasligini aytgan.

×