Tramp prezidentligida Mirziyoyev va boşqa mavqedoşlaridan olgan sovğalarni yaşirganlikda ayblandi

Tramp prezidentligida Mirziyoyev va boşqa mavqedoşlaridan olgan sovğalarni yaşirganlikda ayblandi

Amerika Qöşma Ştatlari sobiq rahbari Donald Tramp prezidentlik davrida xorijiy yetakçilardan olgan umumiy qiymati taxminan 291 ming dollar bölgan yuzdan ortiq sovğalar haqida hisobot bermagani aniqlandi. Bu haqda AQŞ Kongressi Vakillar Palatasining nazorat böyiça qömitasidagi demokratlar tomonidan eʼlon qilingan hujjatda maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, Trampning röyxatdan ötmagan sovğalari orasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan hadiya qilingan bahosi taxminan 12 ming dollar atrofidagi ipak gilam, Yaponiyaning sobiq boş vaziri Sindzo Abening taxminan 3 755 dollarlik oltin golf töplari bor. 

Bundan taşqari, Tramp Salvador Prezidenti Nayiba Bukeledan özining real ölçamda çizilgan portretini ham olgan. Kongressmenlar surat Trampning şaxsiy mulki sifatida Floridadagi sobiq AQŞ prezidenti qarorgohiga yuborilgan, deb taxmin qilmoqda.

Ularning sözlariga köra, Tramp va uning oila aʼzolari Amerika qonunlarida belgilangan meʼyordan qimmatroq sovğalarni qabul qilgan va bu haqda xabar bermagan hamda davlat hisobida saqlanişi kerak bölgan sovğalarni özlaştirib olgan.

Masalan, Trampning kuyovi, tadbirkor Jared Kuşner Saudiya şahzodasi Muhammad bin Salmondan bahosi 24 ming dollargaça bölgan xanjar va 8 800 dollarlik ikkita qiliç töplamini olgan.

Maʼlumot uçun, AQŞdagi xorijiy sovğalar töğrisidagi qonun prezident va federal amaldorlarga bahosi belgilangan qiymatdan yuqori bölgan çet el sovğalarini özida saqlaşni taqiqlaydi. Hozirda bu qiymat 415 dollarga teng.

Eslatib ötamiz, oldinroq AQŞ Kongressi Vakillar Palatasining nazorat böyiça qömitasidagi respublikaçilar Prezident Jo Baydenning oilasi Xitoy kompaniyasidan pul olgani eʼlon qilgan edi.


Manba: Qalampir.uz

×