Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan surxondaryolik Ş.O.ning noqonuniy işlari foş etilgan.
Maʼlum bölişiça, Surxondaryo viloyati Denov şahar, “Quyoşli yurt” mahallasi,Jannatmakon köçasida yaşagan, millati löli (tergovga oid hujjatlarda şunday keltirilgan) bölgan, 1987 yilda tuğilgan fuqaro Ş.O., Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining(JK)ning 159-moddasi 3-qismi “b” bandi, 244,1-moddasi 3-qismi “g” bandi va 244,2-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, unga nisbatan 1-19-1902/16-sonli jinoyat işi yuritilgan va u öziga nisbatan bölgan ayblov xulosasi nusxasini 2019 yil 19 iyul kuni olgan.
“Jahon.uz”ning maʼlum qilişiça, Ş.O. yetti yil davomida Rossiyaning Tambov şahriga borib, “Islom-jihodçilari” diniy ekstremistik oqimi aʼzolari taʼsiriga tuşib, uşbu oqim ğoyalarini qöllab-quvvatlab, jamoatning xufiyona yiğilişlarida iştirok etib kelgan.
Şuningdek, Ş.O. özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, iyun-iyul oylaridaToşkent şahri “Qöyliq” dehqon bozorida poliz ekinlari sotiş bilan şuğullanuvçi T.S. bilan tanişib, u bilan birgalikda uşbu hududda “Islom jihodçilari” diniy ekstremistik oqimning xufiyona yiğilişlarini taşkil qilib, unda iştirok etib,T.S.ga Davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravişda özgartirişga xizmat qiladigan diniy ekstremistik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan xalqaro terrorçi taşkilotlar va guruhlar tomonidan tayyorlangan audio va video materiallarni eşittiriş va namoyiş qiliş yöli bilan tarqatib, kelajakda u bilan birgalikda Özbekiston Respublikasidan “Hijrat” tartibida çiqib ketib, Suriya hududiga terrorçilik taşkilotlari tomonidan olib borilayotgan “jihod” nomi bilan niqoblangan jangovarqöporuvçilik harakatlarida iştirok etişni rejalaştirgan.
Bundan taşqari, Ş.O. Rossiyadan özining doimiy yaşaş manziliga qaytib kelib, “islom-jihodçilar” oqimining aʼzolari safini kengaytiriş maqsadida, tanişi M.Ş.ning nomiga rasmiylaştirilgan 9.-5..-1427 raqamidan foydalanib, “Telegramm” va “Odnoklassniki.ru” saytlari orqali “Musa”, “Abu”, Amina”, “Abdullo”, “Abdurahmon”, “Mustafo Ansoriy” nomli profil foydalanuvçilarining yordami bilan Özbekiston Respublikasi hududidan çiqib, Suriya hududida mahalliy hukumatga qarşi jangovar harakatlar olib borayotgan “Tahvid va jihod kotibasi”terrorçilik guruhi tarkibiga borib qöşilişni rejalaştirgan.









