Koronavirus mutatsiyaga uçraşi natijasida kasallik öta oğir keçişi va boşqa aʼzolarni ham jarohatlaşi mumkinligi maʼlum qilindi.
Koronavirusni mutatsiyaga uçraşi kasallik jarayonini öta oğirroq keçişi va boşqa aʼzolarni ham jarohatlaş darajasi ortişini anglatadi. Bu haqda Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva «Şifobaxşuz» kanaliga maʼlum qildi.
Sevara Ubaydullayevaning aytişiça, kasallik hozirgi yoz mavsumida ultrabinafşa nurlari taʼsirida yengilroq darajada keçmoqda.
“Sovuq mavsumda virus öta xavfli va inson organizmiga keltiradigan zarar yuqori bölişi olimlar tomonidan örganib çiqildi va bu öz tasdiğini topib bormoqda. Yilning sovuq davrida haqiqatdan ham juda ham köp davlatlarda ölim holatlari yuqori va oğir keçayotgan bölsa, yozgi davrda esa yengilroq keçayotganini hamma tan olmoqda”, – dedi mutaxassis.
Ştab aʼzosining alohida taʼkidlaşiça, koronavirusni mutatsiyaga uçraşi kasallik jarayonini öta oğir keçişi va boşqa aʼzolarni ham jarohatlaş darajasi ortişini anglatadi.
“Yengil darajada keçayotgan öpka kasalliklari yanada oğirlaşişi taxmin qilinmoqda. Misol uçun, hozirgi kunda kasallikni nazorat qilib, 2-3 kunda qanday belgilar paydo bölişini bilib turib, oldindan davolaş imkoniyatimiz bölsa, mutatsiyadan keyin bu belgilar kasallikning boşida emas, oxirida yoki örin almaşgan holda kelişi mumkin. Şuningdek, boşqa aʼzolarni ham jarohatlaş ehtimoli bor. Virus hozirgi kunda öpka, yurak qon-tomir kasalliklari tizimini jarohatlayotgan bölsa, sekin-asta buyrak qon-tomirlariga taʼsir qilişi olimlar tomonidan aytilmoqda. Bundan ham xavflisi, boşqa aʼzolarga ötib borişi bilan namoyon bölişi ehtimoldan holi emas”, – deya qöşimça qildi Ubaydullayeva.
Avvalroq, AQŞ boş infektsionisti COVID-19 kasalligini keltirib çiqaradigan yangi SARS-Cov-2 koronavirusi mutatsiyaga uçragan taqdirda yanada yuqumli bölişi mumkinligini maʼlum qilgan edi.









