Toşkent şahrida tabiiy qimmatbaho toşni 220 000 AQŞ dollariga sotayotgan fuqarolar uşlandi. Bu hadqa Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti xabar berdi.
Departament hamda DXXning Toşkent şahar boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.X., M.S. va boşqalar oldindan til biriktirib, 1 dona (haqiqiy bahosi 30 mln söm bölgan) tabiiy toşni 220 000 AQŞ dollariga qonunga hilof ravişda ötkazgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ulardan jami 4 ta tabiiy toş hamda simob moddasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasiga köra, toşlarning sof oğirligi 333,8 grammni taşkil etib, tarkibi rubin, kvarts, flyuorit, granat, pirop va sapfir birikmalardan iborat tabiiy qimmatbaho toş ekani qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









