Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida yaşovçi, ayni umrining toğni ursa talqon qiladigan yoşida bölgan aka-ukalar göyoki özini huquqni muhofaza qiliş organi xodimi deb körsatib, birovning mulkini özlaştirdi.
Yangiqörğonlik 31 yoşli fuqaroning tuman IIBga yozgan arizasida bildirişiça, şu yilning 28 iyun kuni 1974 va 1998 yilda tuğilgan aka-ukalar 2002 yilda tavallud topgan yana bir şaxs bilan oldindan jinoiy til biriktirib, uning işonçiga kiradi. Özlarini Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimi sifatida taniştirib, undan aliment qarzdorligi deb, narxi 10 000 000 sömlik bir boş molini firibgarlik yöli bilan olib ketadi.
Viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmatining ÖzA muxbiriga maʼlum qilişiça, mazkur qinğir iş holati yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan.









