Xöjayli tumanida oşxona portlab, bir kişi halok böldi

Xöjayli tumanida oşxona portlab, bir kişi halok böldi

Xöjayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspektsiyasi oşxonasida sodir bölgan portlaş oqibatida bir kişi halok böldi, ikki kişi jarohat oldi.


Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanida 25 yanvar kuni davlat soliq inspektsiyasi qoşidagi oşxonada portlaş sodir böldi, deb xabar berdi Respublika Içki işlar vazirligi matbuot xizmati.

Oqibatda bir kişi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bölgan, yana ikki kişi Xöjayli tumani tibbiyot birlaşmasi şifoxonasiga yotqizilgan.

Portlaş sabablari aniq emas. Holat yuzasidan Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan jinoyat işi qözğatildi.

Avvalroq Gulistondagi uylarning birida portlaş sodir bölgani, oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan şifoxonaga olib ketilgani haqida xabar berilgandi.

×