Özbekistonda 13 mart kuni ötkazilgan «Obod va körkam mahallam» obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş umumxalq xayriya haşarida 8 million tupdan ortiq daraxt ötqazildi. Bu haqda, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, ÖzA xabar bermoqda.
Xabar berişlariça, haşar davomida mahallalar, köçalar va xiyobonlar, aholi xonadonlarida jami 8 088 298 tup daraxt, jumladan, 4 063 483 tup manzarali, 4 024 815 tup mevali daraxt köçatlari, 4 990 207 tup gul köçatlari ekilgan.
Vazirlik keltirgan maʼlumotlarga köra, haşar kuni ekilgan jami manzarali daraxtlarning 22,2 foizi Toşkent viloyatida, mevali daraxtlarning 29,6 foizi Namangan viloyatida, gullarning 24,2 foizi Toşkent viloyatida ötqazilgan. Haşar kuni qor böroniga uçragan Qoraqalpoğiston va Xorazmda har uçala yönalişda ekilgan ösimliklar uluşi 0,2 foizga ham yetmagan. Jumladan,
- Qoraqalpoğiston böyiça 7 942 ta manzarali, 6 393 ta mevali daraxt, 2 012 ta gul köçatlari;
- Andijon viloyatida 239 650 ta manzarali, 329 907 ta mevali daraxt, 798 833 ta gul köçatlari;
- Buxoro viloyatida 340 493 ta manzarali, 264 172 ta mevali daraxt, 251 198 ta gul köçatlari;
- Jizzax viloyatida 88 566 ta manzarali, 50 211 ta mevali daraxt, 34 166 ta gul köçatlari;
- Navoiy viloyatida 166 868 ta manzarali, 106 872 ta mevali daraxt, 169 269 ta gul köçatlari;
- Namangan viloyatida 581 476 ta manzarali, 1 193 866 ta mevali daraxt, 926 517 ta gul köçatlari;
- Samarqand viloyatida 373 401 ta manzarali, 336 748 ta mevali daraxt, 493 856 ta gul köçatlari;
- Sirdaryo viloyatida 130 309 ta manzarali, 82 596 ta mevali daraxt, 85 430 ta gul köçatlari;
- Surxondaryo viloyatida 160 110 ta manzarali, 71 962 ta mevali daraxt, 97 708 ta gul köçatlari;
- Toşkent viloyatida 915 765 ta manzarali, 939 182 ta mevali daraxt, 1 209 622 ta gul köçatlari;
- Farğona viloyatida 764 984 ta manzarali, 455 549 ta mevali daraxt, 620 280 ta gul köçatlari;
- Xorazm viloyatida 7 101 ta manzarali, 5 248 ta mevali daraxt, 2 441 ta gul köçatlari;
- Qaşqadaryo viloyatida 303 095 ta manzarali, 151 862 ta mevali daraxt, 195 903 ta gul köçatlari;
- Toşkent şahri böyiça 33 721 ta manzarali, 30 247 ta mevali daraxt, 100 971 ta gul köçatlari ekildi.
Şuningdek, mavjud 7 771 876 ta daraxt oqlanib, ularga turli şakllar berilgan.
«Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam» şiori ostida mahallalardagi turar-joy mavzelari va köçalarga taşabbuskor fuqarolar tomonidan qöşimça ravişda 30 tupdan daraxt köçatlari ekilgan. Vazirlik axborotida uşbu yönalişda jami qança daraxt ekilganiga aniqlik kiritilmagan.
Qayd etiş joiz, vazirlik axborotida körsatib ötilgan ekilgan manzarali daraxtlar va gullar soni hududlar kesimida berilgan raqamlardan farq qilmoqda. Xususan, vazirlik axborotida 4 063 483 tup manzarali daraxt ekilgani qayd etilgan, hududlar kesimida berilgan sonlar yiğindisi böyiça ekilgan manzarali daraxtlar soni 49 998 taga köp.
Şuningdek, vazirlik haşar kuni jami 4 990 207 ta gul ötqazilgani haqida hisobot bergan, biroq hududlar kesimida berilgan sonlar yiğindisiga köra, haşar kuni ekilgan gullar soni vazirlikning yakuniy hisobotidagi raqamdan 2001 taga kam. Ayni vaqtda, mevali daraxtlar soni umumiy hisobotda ham, hududlar kesimida ham bir xil.









