«Tizim içidan yemirilgan». Prezident — energetika tizimidagi korruptsiyalar haqida

«Tizim içidan yemirilgan». Prezident — energetika tizimidagi korruptsiyalar haqida

Özbekistonda oxirgi oylarning özida neftgaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korruptsiya holatlari aniqlangani ham «tizim içidan yemirilganidan» dalolat beradi, dedi prezident. DXX va Boş prokuraturaga tizimdagi korruptsiya holatlarini bartaraf etiş çoralarini köriş böyiça topşiriqlar berdi.


Özbekistondagi anomal sovuq fonida elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʼminotida kuzatilayotgan muammolarga tizimsiz işlaş, energoresurslarni talon-toroj qiliş holatlari ham sabab bölmoqda. Bu haqda 16 yanvar kungi yiğilişda Şavkat Mirziyoyev maʼlum qildi, deya xabar berdi Şerzod Asadov.

Qayd etilişiça, ötgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanişlar aniqlangan.

«Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik bölganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boşliqlari bilmasmi-di?», — deya savol qöydi davlat rahbari. Uning sözlariga köra, oxirgi oylarning özida neftgaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korruptsiya holatlari aniqlangani ham «tizim içidan yemirilganidan» dalolat beradi.

DXX va Boş prokuraturaga tizimdagi korruptsiyani yöq qiliş böyiça alohida çoralar köriş topşirildi.

×