Özbekistonning taşqi qarzi qançaga yetgani maʼlum böldi

Özbekistonning taşqi qarzi qançaga yetgani maʼlum böldi

2022 yilning 1 oktyabr holatiga davlat qarzi 26,2 milliard AQŞ dollarini yoki yalpi içki mahsulotga (YAIM) nisbatan 34,1 foizni taşkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligining “Özbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi şarhi”da maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, davlat qarzining YAIMga nisbati 2021 yil boşida 39,0 foizdan 2022 yilning 1 oktyabr holatiga köra 34,1 foizgaça pasaydi. Xalqaro valyuta jamğarmasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bağişlangan hisobotiga köra, Özbekistonning davlat qarzi bugungi kunda “möʼtadil” darajada hisoblanadi.

2022 yilning III çoragida Özbekistonda YAIM real ösiş surʼati 5,8 foizni taşkil etdi. Şuningdek, yil boşidan davlat taşqi qarzi qoldiği 1,7 foizga kamaydi. Bunda davlat byudjeti taqçilligining moliyalaştirilişi va investitsion loyihalarning amalga oşirilişi natijasida qarz mablağlarining özlaştirilişi bilan birga 823 mln dollar miqdoridagi davlat taşqi qarzi söndirildi.

Maʼlum qilinişiça, 2022 yilning dastlabki 9 oyida Özbekiston Respublikasi nomidan umumiy qiymati 2058,9 mln AQŞ dollari miqdoridagi 16 ta taşqi qarz bitimi imzolangan. Mazkur mablağlar energetika, aholini toza içimlik suvi va kanalizatsiya bilan taʼminlaş, avtomobil yöllarni rivojlantiriş, temir yöl va boşqa muhim loyihalarni moliyalaştiriş uçun nufuzli xalqaro moliya institutlaridan imtiyozli şartlardagi uzoq muddatli kreditlari hisobidan jalb qilingan.


Teglar:
×