Yana bir özbek ayoli Turkiyada dahşatli ölim topdi. Qotil begona emas

Yana bir özbek ayoli Turkiyada dahşatli ölim topdi. Qotil begona emas

Turkiyaning Dengizli şahriga sayyoh sifatida kelib, istiqomat qilayotgan özbekistonlik juftlikning janjali qonli yakun topdi. Er xotinining böğzidan piçoq tortib uni öldirdi, söng öz joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi. 

Voqea Dengizlining Markazafandi tumanidagi Oqçaşma mahallasida sodir bölgan. Olingan maʼlumotlarga köra, Özbekiston fuqarolari – 32 yaşar Gulzoda Kamolova va Şerzod Xaqberdiyev (er-xotin) köp qavatli uyning eng yuqori qavatidagi xonadonda istiqomat qilgan. 

Şu oyda vizasi tugagan er-xotin nomaʼlum sabablarga köra janjallaşib qolgan. Tunda boşlangan janjalda er xotinining köksiga ikki marta piçoq urgan va böğziga piçoq tortgan. Ayol voqea joyiga vafot etgan. Şundan söng, er baqirgança öz bilaklariga ham piçoq urgan.

Ular bilan bir xonadonda ijarada yaşagan boşqa özbekistonlik oila voqeaga guvoh bölgan va zudlik bilan xabar bergan, ammo bu vaqtda keç bölgan edi. Voqea joyiga köplab xavfsizlik kuçlari va tibbiyot xodimlari yuborilgan. Ular xonadonda dahşatli manzaraga duç kelgan. 

Tibbiyot xodimlari ayolning ölganini aniqlagan bölsa, huşsiz yotgan erkak tez yordam maşinasida Pamukqalʼa universiteti şifoxonasiga olib ketilgan. Tekşiruvlardan söng jasad sud-tibbiyot ekspertizasi ölikxonasiga olib ketilgan. 

Ayni vaqtda erkakning davolanişi davom etmoqda.

Tergov-suriştiruv işlari davomida juftlik uç oy avval Turkiyaga kelgani aniqlangan. 

Eslatib ötamiz, ötgan oyda Turkiyaning Istanbul şahri Ğoziyusmonpoşşo tumanida 45 yaşar Özbekiston fuqarosi Abdujalol Umirzoqov 10 yillik 33 yaşar rafiqasi Şahlo Muxtorovani piçoqlab öldir


×