Angren neft bazasidan 11,5 ming litr Ai-80 markali benzin sizib çiqqani haqida xabar bergan edik. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev şu kungaça Angrenda neft bazasi borligi haqida eşitmagani aytib, rasmiylarni savolga tutmoqda. U bu haqda özining Telegram kanalida yozgan.
“Biroq biz negadir şu kungaça Angren neft bazasi haqida eşitmagan ekanmiz. Masalan, biz Toşkent viloyatida Özbekneftgazga qaraşli Paxta, Kuçluk, Çinobod neft bazalari haqida bilamiz.
Neft bazasi kiçkina korxona emaski, uni kimdir sezmay qolsa. Uni barpo etişda qator talablar, vaqt şu jumladan ekologik talablar ham bor. Biroq Angren neft bazasi osmondan tuşgandek böldi”, deydi Kuşerboyev.
U sözida davom etib, vakolatli idoralardan quyidagi savollarga javob berişlari söragan:
• Angren neft bazasi qaçon, qaysi manbaalar hisobiga, nima maqsadda taşkil etilgan?
• Angren neft bazasi bugun kimga qaraşli?
• Angren neft bazasidagi AI-80 benzini birjaga sotuvga çiqarilganmidi?
• Angren neft bazasidagi AI-80 benzini nima maqsadda saqlab turilgandi?
• Angren neft bazasidan oqib ketgan 11,5 ming litr benzin atrof muhitga va tabiatga qança zarar yetkazdi?
“Angren neft bazasi voqeasi katta işlarning bir uçi ekanligini bilib turibmiz. Şu bois, rasmiy idoralar aniq javob bersa, jamoatçilikda şubha bölmaydi. Darvoqe, "Davaktiv" ham öz yönalişida izoh berişi kerak. Gap nima haqidaligini agentlikning xuşyor rahbarlari tuşunib turişibdi, degan umiddamiz”, degan deputat.
Eslatib ötamiz, Angren neftebazasida avariya sodir etilganligi bilan boğliq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boşliği D.Azimov munosabat bildirdi:
“Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angrenneftebazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli siğim (rezervuar) sifonining jömragi havo harorati pasayişi munosabati bilan muzlab yoriliş yuz bergan. Natijada siğimda bölgan Ai-80 benzin yoqilği mahsuloti (11 500 litr) tökilgan. Sodir bölgan avariya holati zavod işçi-xodimlari tomonidan şu kunning özida, soat 20:45 da bartaraf qilingan. Heç kimga jiddiy zarar yetkazilmagan”.









