“Svet” öçişi natijasida yetkazilgan zararni sud orqali undirib olsa böladimi?

“Svet” öçişi natijasida yetkazilgan zararni sud orqali undirib olsa böladimi?

Isteʼmolçilar elektr energiyasidagi yetişmovçilik sabab yetkazilgan zararni undiriş uçun sudga murojaat qilsa, zarar undirib beriladi. Bu haqda Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov maʼlum qildi.

Vazirning aytişiça, har qanday fuqaro yoki tadbirkor elektr energiyasini ogohlantirmay uzib qöyilganda şartnomaviy majburiyatlardan kelib çiqqan holda sudga murojaat qilişga haqi bor. Avariyaviy holatlar bundan mustasno. Çunki avariyaviy holat — bu fors-major hisoblanadi.

“Sudga murojaat qilinganda, holat isbotlab berilsa, tegişli zarar qoplab beriladi. Bu yönalişda isteʼmolçilar ham taʼminotçilar ham qonun asosida işlaşga örganişimiz kerak, deb öylayman”, - deydi Jörabek Mirzamahmudov.


×