Denov tumanida ohak işlab çiqariş tsexida tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulaniş holati foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro M.A. tumandagi «Totuvlik» va «Qöziçoqli» mahallalarida joylaşgan ohak işlab çiqariş tsexlarida tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanişi oqibatida «Hududgaz Surxondaryo» filiali manfaatlariga 59,9 mln söm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









