Qaşqadaryoning Koson tumanidan öquv markazida tahsil oliş maqsadida Qarşi şahriga kelib, ijarada yaşayotgan 17 yaşar qiz özi istiqomat qilayotgan uyning hammomida vafot etdi. Bu haqda "Nasafnews" öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Gap şundaki, joriy yilning 20 noyabr kuni Qarşi şahri Mahallot mahallasi Ahmad Yassaviy köçasida joylaşgan uyda ijarada yaşab kelayotgan qiz is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Maʼlum bölişiça, 2005 yilda tuğilgan qizning jasadi hammomdan topilgan. U hammomda is gazidan zaharlangani aytilmoqda.
Marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. Qarşi şahridagi öquv markazida tahsil olgani uçun Mahallot mahallasidagi xonadonda ijarada yaşagan.
Qaşqadaryo viloyati prokuraturasining maʼlum qilişiça, hozirda holat yuzasidan Qarşi şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









