Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “IIB xodimlari fuqaroni rezina tayoq bilan döpposlab maşinaga majburan ötqazişmoqda” sarlavhali videoxabar Farğona viloyati IIB tomonidan örganib çiqildi.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 4 noyabr kuni Quva tumani IIB profilaktika inspektori M.T va S.J.lar Pastki Xöja Xasan MFY hududida fuqaro O.Y mast holatda jamoat tartibini buzayotganligini körib, şaxsiga oydinlik kiritiş va mastlik holatini aniqlaş uçun tibbiy tekşiruvga borişga taklif qilinganda fuqaro O.Y IIB xodimlarining qonuniy talablariga böysunmay, faol qarşilik körsatgan.
Xodimlar “Içki işlar töğrisida”gi Qonunning 23-moddasi hamda Içki işlar vazirining “Içki işlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalarni va öq otar qurolni qöllaş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida” gi 55-sonli buyruği talablaridan kelib çiqib, huquqbuzarlik holatini bartaraf etiş uçun O.Y.ga nisbatan maxsus vosita – rezina tayoqdan foydalanişgan.









