Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident tomonidan 30 «Gidrotexnika inşootlari xavfsizligi töğrisida»gi ÖRQ-865-son Qonun imzolandi.

Gidrotexnika inşootlariga quyidagilar kiradi:

  • suv omborlari töğonlari;
  • daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi töğonlar;
  • daryolarning özanlarini tösuvçi inşootlar;
  • suv oliş, suv ötkaziş, suv taşlaş hamda qirğoqlarni himoya qiliş inşootlari;
  • gidroelektrostantsiyalar;
  •  nasos stantsiyalari.

Gidrotexnika inşootlari I, II, III va IV sinflarga bölinadi. Uşbu böliniş:

  • gidrotexnika inşootlarining loyiha körsatkiçlari parametrlariga;
  • ularga yuklamalar hamda taʼsir körsatiş omillariga;
  • qurilişda işlatiladigan materiallarga;
  • foydalaniş şaroitlariga qarab amalga oşiriladi.

Uşbu sohada maxsus vakolatli davlat organi — Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligi obʼektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi. Boşqa vakolatlar bilan birga u daryolarning, soylarning özanlarida, gidrotexnika inşootlariga tutaş bölgan yuqori va quyi hududlarda suv xöjaligi obʼektlaridan foydalanişni amalga oşiruvçi yoxud xöjalik faoliyati yoki boşqa faoliyat bilan şuğullanuvçi taşkilotlarning xöjalik faoliyatini yoxud boşqa faoliyatini, agar bu faoliyat gidrotexnika inşootlarining xavfsizligiga salbiy taʼsir körsatsa, taqiqlaydi, töxtatib turadi yoki çeklaydi.

Maʼlumot uçun: tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatini taqiqlaş, töxtatib turiş yoki çeklaş sud tartibida amalga oşiriladi, bundan ularning faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar, pandemiyalar, şuningdek aholining hayoti va soğliği, jismoniy hamda yuridik şaxslarning mol-mulki uçun haqiqiy xavf yuzaga kelişining oldini oliş zaruriyati munosabati bilan 10 iş kunidan köp bölmagan muddatga töxtatib turiş yoki çeklaş hollari mustasno.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 01.12.2023 yilda kuçga kiradi. 


×