Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov 2022 yil 18 oktyabrda Bandixon tuman hokimligiga «Skoda Kodiaq Ambition» xizmat maşinasini xarid qiliş uçun 429 mln söm ötkaziş töğrisida 23-8-0-F/22-sonli farmoyişni imzolagan.
Mazkur farmoyiş Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan örganildi.
Hukumat qarori bilan belgilangan meʼyorlarga köra, tuman va şahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olişga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln söm), rahbar örinbosarlariga esa bazaviy hisoblaş miqdoriga nisbatan 700 barobari (210 mln söm) etib belgilangan.
Bandixon tumani hokimligiga sotib olinişi rejalaştirilgan xizmat avtotransportining narxi mazkur meʼyorlarga zid bölgan.
Şu munosabat bilan, Agentlik viloyat hokimligiga tegişli farmoyişini bekor qiliş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan hamda mazkur farmoyiş bekor qilingan.









