Töra Bobolov lavozimidan ozod etilişi kutilmoqda

Töra Bobolov lavozimidan ozod etilişi kutilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov lavozimidan ozod etilişi kutilmoqda. 

Norasmiy manbalarning xabar berişiça, Bobolovning örnini böşatişi aniq bölib bölgan, biroq uning örniga nomzod tanlayotgani bois jarayon biroz çözilmoqda. 

Qayd etiş joiz, bundan bir neça kun oldin Prezident raisligida bölib ötgan yiğilişda hokimlar tanqid ostiga olingan edi. 

Uşbu majlisda Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovga uning Angor tumani prokurori Sirojiddin Ramazonovni telefon orqali haqoratlagan va tahdid audioyozuvni eslatib, uning işdan olişiga şaʼma qilgan edi:



“Surxondaryoda, janob, prokuror bilan gaplaşayotgan bir hokim bor - 29 ta maktab. Sen prokuror bilan telefonda gaplaşişdan oldin maktablar qurilişini joyiga qöyib qöy. Çarçagan bölsang, işdan olaman seni ham”, — degan edi Şavkat Mirziyoyev. 

Bundan taşqari Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov tanqidiy videoselektorida, prokuror bilan tortişuvdagi ovoz Töra Bobolovniki bölganini aytib, unga nisbatan intizomiy çora körilganini aytgan edi. 

“Töra Bobolov, siz örnak bölmayapsiz. Internetda çiqqan gaplarni montaj dedingiz, lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topşiriği bilan sizga intizomiy jazo çorasi sifatida oylik iş haqining 40 foizi miqdorida jarima qöllandi”, — dedi Umrzoqov. 

Administratsiya rahbari tegişli mutassaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks örganişi, muammolarga yeçimi bilan taklif tayyorlaşini, kerak bölsa aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan jinoiy iş oçişgaça bölgan çoralarini körişini taʼkidlagan edi. 

Maʼlumot örnida, Töra Bobolov — 1970 yilda tuğilgan. 1992 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994 yildan 2003 yilgaça Özbekiston Respublikasi Davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasi Surxondaryo viloyati boşqarmasida turli lavozimlarda işlagan, 2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati Tovar işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boşqarmasi boşliği, 2016-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantiriş yiğma boşqarmasi boşliği bölgan. 

U 2017 yildan 2019 yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari edi. 2019 yil 1 may kuni Töra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlangan.


Manba: Effect.Uz

×