«Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (ÖRQ–728-son, 15.11.2021 y.).
Qonunga köra, quyidagi yerlar xususiylaştirilişi mumkin:
- yuridik şaxslarga tadbirkorlik va şaharsozlik uçun berilgan yerlar;
- fuqarolarga yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş, tadbirkorlik va şaharsozlik uçun berilgan yerlar (ilgari YATTlarning xususiylaştirilişi nazarda tutilmagan);
- xususiylaştiriladigan davlat obʼektlari joylaşgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);
- böş turgan yerlar.
Yer uçastkalari quyidagi şakllarda xususiylaştiriladi:
- umrbod egalik qiliş huquqi asosida tegişli bölgan yerni sotib oliş;
- yerni elektron onlayn-auktsion orqali sotib oliş.
Xususiylaştirişdan tuşadigan mablağlar Davlat byudjetiga yönaltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltirilgan).
Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
Ariza körib çiqilib xabarnoma şaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.
Salbiy qaror asoslantirilgan şaklda bölişi şart.
Quyidagilar xususiylaştirişni rad etiş uçun asos hisoblanadi:
- xususiylaştiriş uçun asos mavjud emasligi;
- yerga nisbatan tugallanmagan sud işlarining mavjudligi;
- yerda joylaşgan köçmas mulkka qöyilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
- aholi punktlarining tasdiqlangan boş rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylaştirişga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;
- davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyiş töğrisida qaror mavjudligi;
- xususiylaştiriladigan yer uçastkasini sotişga yoki boşqaça tarzda özga şaxsga ötkazişga nisbatan taqiqning mavjudligi;
- arizada notöğri, bir-biriga zid bölgan yoki buzib körsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;
- xususiylaştiriladigan yer puli tölanmaganligi.
Xususiylaştirişni boşqa sabablarga köra rad etişga yöl qöyilmaydi.
Böş turgan yer uçastkalari elektron onlayn-auktsion orqali xususiylaştiriladi.
Yerga bölgan mulk huquqi uçun davlat orderi yer uçun tölov qilinganidan söng 1 iş kunida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan beriladi.
Quyidagi holatlarda xususiylaştirilgan yerni mulkdordan olib qöyiş mumkin:
➖ yerga ijro hujjatlari böyiça undiruv qaratilganda;
➖ yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
➖ yer musodara qilinganda;
➖ yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).
Xususiylaştirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga ötkaziş) qiliş Qonundan çiqarib taşlandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.









