17 oktyabr Özbekiston hududiga Volgaböyidan Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida şakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida, Farğona vodiysi viloyatlarida esa keçga tomon baʼzi joylarda biroz yomğir yoğadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlum qildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Şimolda va çöl hududlarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon kuzatilişi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 20-25 darajadan oşmaydi.
Ertaga, 18 oktyabr kuni Turkmanistondan bulutlarning keyingi qismi kirib kelişida janubiy markaziy va şarqiy tumanlarda yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barça hududlari böyiça şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi kutilmoqda. Havo harorati keçasi 5-10 darajagaça pasayadi, kunduzi 15-20 daraja böladi.
19 oktyabr kuni respublikaning katta qismida yomğir yoğadi, toğli hududlarning baʼzi joylarida kuçli böladi, baland toğlarda yomğir qorga aylanişi mumkin. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi 5-8 darajagaça iliq, şimolda baʼzi joylarda 0-2 darajagaça sovuq, kunduzi 13-18 darajagaça pasayadi.
20-21 oktyabr kunlari Özbekistonda yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Keçalari havo harorati minimal darajaga yetadi va 3-5 daraja iliq atrofida böladi, quyoş nurlari isitişi natijasida kunduz kunlari 17-22 darajagaça kötariladi.









