«Ey sinfdoş», «Nilufar», «O, raşk» qöşiqlari bilan maşhurlikka erişgan «Oqşom» guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov «Daryo» uçun intervyusida qamoqda ötgan töqqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi.
Zokir Sobirov, «Oqşom» guruhi yakkaxoni:
— Ijodni 1995 yilda boşlagan bölsak, ketma-ket aytgan qöşiqlarimiz omadimiz kelib xit bölib ketdi. Özimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari duşmani ham köpayar ekan. Biz bilmaymiz, döst kim, duşman kim. Xullas, eʼtibor bermagan ekanmiz, duşmanimiz ham köpayib, oxiri şu qöşiqlarni orqasidan ham kötarildim, maza qilib öynab-kulib yurdim-u, özim yaxşi körgan kasbimni qildim-u, lekin şuni orqasidan töqqiz yil qamoqda şu xursandçiliklarimning azobni tortdim. Bu narsani döst-u, duşmanga ravo körmayman.
Köçada yurganimda oq-qorani ajrata olaman deb öylar edim. Lekin bu narsa notöğri ekan. Qaçonki odam özidan ötganini özi bilsa, qamoqda bölsa, yaqinlaridan uzoqda bölsa, kim qanaqa, kim yaxşi kim yomonligini anglab yetarkan. Töqqiz yil bu juda katta vaqt. Töqqiz yilda bir bola voyaga yetadi. Şu yillar içida şu joylarning azobini körib çiqdim. U yerda juda katta xulosa çiqardim. Özim uçun bir tomondan yaxşi böldi. Dunyoqaraşim özgardi. Oldin boşqa odam edim, hozir umuman boşqa odamman. Allohga behisob şukr, yetkazganiga şukr, soğ-salomatman. U yerlarda ham muxlislarimiz bor ekan, bizni qöllab-quvvatlab turişdi.
Köçada qilib yurgan işimni qamoqda ham qildim, öşa yerda qöşiq kuylab yurdim. Haqiqatni aytiş kerak, qöşiqni orqasidan, Xudo yuqtirgan ekan, şu yerda ham sindiraman degan duşmanlarim sindira olmadi. Nimaga? Xudo yuqtirsa, heç kimni qöli yetmas ekan. Xudoga şukr u yerda ham hurmatim böldi. Xodimlar ham juda yoqtirar edi. Sahna bölardi, sahnada qöşiq aytardik, qöşiq yaratar edik. U yer ham kiçkina şaharça, u yerni ham qonun-qoidasi boşqa. Köçada boşqa, u yerda boşqa. Öşa yerda ham Xudoga şukr hurmat topib, soğ-salomat çiqdik. Şu sabab ham töqqiz yil yöq bölib ketdik.
Endigi harakatlar, avvalo Xudo, keyin oldinga qarab talpiniş, talpiniş va yana talpiniş. Niyatim— oldingi darajamdan yanada yuqoriroq poğonaga çiqiş. Baribir hammasi Xudodan ekan, omad kelsa heç gap emas. Birinçi örinda Xudodan sörab qolaman, lekin, harakatdan töxtamayman.









