Prezident Şavkat Mirziyoyev 13-14 oktyabr kunlari Ostonada ötkaziladigan xalqaro sammitlarda iştirok etadi.
Ulardan biri, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş sammiti — mintaqa mamlakatlari örtasida «muloqot forumi» sifatida tanilgan. Uning asosiy maqsadi — Osiyoda tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaş böyiça hamkorlikni kengaytiriş, giyohvandlik vositalarining noqonuniy işlab çiqarilişi va aylanişiga qarşi kuraşiş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişdan iborat.
Kimlar qatnaşmoqda?
Bu sammit — Osiyo mintaqasining deyarli barça davlat yoki hukumat rahbarlari iştirok etayotgani inobatga olinsa, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça noyob muloqot maydoni ekanini anglaş mumkin.
Bugunga qadar 51ta delegatsiya rahbarlari sammitda iştirok etişini tasdiqlagan. Ularning 12 nafari davlat rahbarlaridir.
Xususan, Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Iroq, Eron, Qatar, Falastin kabi mamlakatlar prezidentlari sammitda qatnaşadi. Markaziy Osiyo mintaqasidan esa faqatgina Afğoniston iştirok etmayapti.









