Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan mahallalarni obod qiliş va «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişda maʼlum qilinişiça, 2023 yildan viloyat byudjetlari qöşimça mablağlarining 30 foizi «Taşabbusli byudjet» loyihalariga beriladi. Umuman, kelgusi yildan boşlab mahallalardagi infratuzilma uçun mablağlar faqatgina «Taşabbusli byudjet» orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilişi belgilandi. Bunda «Taşabbusli byudjet» loyihalari uçun mablağlar 3,5 baravarga oşirilib, 8 trillion sömga yetkaziladi.
«Şunda adolat böladi, odamlar özlari hissa qöşgan loyihalarni, albatta asrab-avaylaydi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident mutasaddilar eʼtiborini respublika böyiça 1,5 mingta mahalla aholisi birorta loyihaga ovoz bermaganiga qaratdi. Yaqinda mahallalarda raislar saylovi bölib ötgani, yangitdan saylangan raislar odamlarga vaʼdalar bergani, lekin taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan foydalanmayotganini körsatib ötdi. «Mudrab ötirgan» raislarni faollikka çaqiriş, kerak bölsa öqitiş kerakligi taʼkidlandi.









