Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasining mansabdori Zoom platformasida ötkazilgan majlisda kamerasini yoniq qoldirgan holda hamkasbi bilan özini noörin tutgani aks etgan tasvirlar tarqalib, keskin munozaralarga sabab böldi. Holat yuzasidan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.
Vazirlik uşbu xodimlarning şaxsi va voqea sodir bölgan hududga aniqlik kiritmagan bölsada, xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat şartnomasi bekor qilinganini maʼlum qildi.
Tarmoqlarda esa uşbu mansabdor şaxs 2023 yil dekabr oyidan buyon Kattaqörğon tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği lavozimida işlab kelgani haqida xabarlar tarqalgandi.
“Vazirlik öz tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilişiga nisbatan mutlaqo murosasizlik printsipiga amal qiladi”, deyiladi vazirlik munosabatida.









