Qrimdagi köprikning portlatilişi, Rossiya armiyasidagi yöqotişlar va Moskvaning yadroviy tahdidi mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligi borasida qator savollarni keltirib çiqarmoqda. Uşbu masalada Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ilk bor söz oçdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligi barça mavjud tahdidlarni hisobga olgan holda tegişli darajada taʼminlangan. Bu haqda Peskov bugun, 10 oktyabr kuni jurnalistlarga maʼlum qildi.
“Prezident xavfsizligi barça mavjud tahdidlarni inobatga olgan holda tegişli darajada taʼminlangan”, deydi u AQŞning 45-prezidentining milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Boltonning “agar Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan foydalansa, Putin öz xavfsizligiga tahdid soladi”, degan sözlarini izohlab.
Eslatib ötamiz, Bolton "CBS News" telekanaliga bergan intervyusida "Agar Putin yadroviy quroldan foydalanişga ruxsat bersa, u öz joniga qasd qiliş töğrisidagi xatiga imzo çekadi", deb aytgan edi.









