Rossiya harbiylari Limanda qamal qilingani va hududni taşlab qoçganini tan oldi

Rossiya harbiylari Limanda qamal qilingani va hududni taşlab qoçganini tan oldi

Donetsk Xalq Respublikasining (Özbekiston tan olmagan – tahr.) Krasniy Liman şahridan ittifoqçilar qöşinlari qamal qiliş xavfi yuzaga kelganligi sababli olib çiqildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konaşenkov maʼlum qildi. 

 “Qölga oliş xavfi tuğilişi munosabati bilan ittifoqçi qöşinlar Krasniy Liman aholi punktidan yanada qulayroq yönalişlarga olib çiqildi”, deydi Konaşenkov. 

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakiliga köra, bir sutkada 200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatçi Krasnolimansk yönalişida yöq qilingan. 

 “Ukraina Qurolli Kuçlarining Krasnolimansk yönalişidagi 66 va 93-mexanizatsiyalaşgan brigadalari pozitsiyalariga qilingan ommaviy hujumlarda bir sutkada ikki yuzdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatçi, beşta tank va töqqizta piyoda jangovar texnikasi yöq qilindi”, deya qöşimça qildi u. 

Taʼkidlanişiça, Ukraiana oğir yöqotişlarga qaramay, zaxiralarni olib kelib, kuç va vositalarda sezilarli ustunlikka ega bölgan hujumni davom ettirgan.


×