Saudiya Arabistoni aholisi Özbekistonning qadimiy şaharlarini ziyorat qiliş istagida – vazir

Saudiya Arabistoni aholisi Özbekistonning qadimiy şaharlarini ziyorat qiliş istagida – vazir

28 sentyabr kuni Toşkentda Saudiya Arabistoni podşohligi Haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev va Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov iştirokida muloqot bölib ötdi.

Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabariga köra, muloqot çoği ikki mamlakat örtasida azaldan tarixiy, madaniy va diniy riştalar mustahkam boğlangani qayd etildi. Har bir musulmon Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga intiladi. Allohning uyi – Kaʼbai muazzama, Arafot, Mino va Muzdalifa vodiylari, Payğambar sollallohu alayhi vasallamning Ravzai saodati va qabri, buyuk sahobalar dafn etilgan Baqiʼ maskani, Qiblatayn va Qubo masjidi, Uhud toği kabi tabarruk joylarni ziyorat qilişga oşiqadi.

Muloqotda Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 17-18 avgust kunlari Ikki muqaddas masjid xodimi, podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud taklifiga binoan, davlat taşrifi bilan Saudiya Arabistoniga borgani hamkorlik munosabatini yanada yuqori darajaga kötarişga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Saudiyalik yuqori martabali mehmon podşohlikda ham Özbekistondagi tarixiy maskanlarni ziyorat qilişga qiziqiş oşib borayotganini taʼkidladi.

«Özbekistonning mehmondöst xalqi, muqaddas va tarixiy qadamjolari doimo sayohat qiluvçilarni öziga rom etadi. Arabistonliklar ham bu yerdagi qadim şaharlarni köriş, muqaddas maskanlarni ziyorat qilişni istaydi. Saudiya Arabistoni fuqarolari uçun Özbekistonga vizasiz kiriş tartibi joriy etilişi mamlakatlarimiz örtasida ziyorat turizmi keng rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etadi», – dedi Haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia.

Uçraşuvda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov haj va umra qiluvçilarga xizmat körsatiş sifatini yanada oşiriş, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida yanada qulay şaroit hozirlaş, şuningdek, ilmiy-tadqiqot işlarida hamkorlik qiliş, ulamolar iştirokida anjumanlar ötkaziş, Saudiya fuqarolarining Samarqand, Buxoro, Termiz kabi qadimiy şaharlarga ziyoratlarini taşkil etiş kabilar borasida taklif va fikr-mulohazalarni taqdim etdi.

Avval xabar berganimizdek, Haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boşçiligidagi delegatsiya 27 sentyabr kuni yurtimizda keldi. Taşrifdan közlangan maqsad özaro hamkorlikni takomillaştiriş, ayniqsa, diniy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan.


×