Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida IIB xodimlari fuqaroning yaşaş xonadonida noqonuniy tintuv ötkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Içki işlar boşqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 25-26 fevral kunlari huquqni muhofaza qiluvçi organlarning qöşma qaroriga asosan jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, aholi muammolarini örganiş, çegaraoldi hududlarida jamoat hamda aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida tuman huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Uçqörğon tumanining çegaraoldi hududlarida tarğibot va reyd tadbirlari olib borilgan.
Bunda mahalliy aholi bilan suhbatlar ötkazilib, yaşaş xonadonlarida noqonuniy tovarlar saqlamaslik yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilgan. Bildirilişiça, fuqarolarning xonadonlarida böliş ularning roziliklari bilan amalga oşirilgan.
“Içki işlar organlari töğrisidagi” qonunning 17-moddasiga asosan, jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatlarning oldini oliş maqsadida içki işlar organlari öz vakolatlari doirasida fuqarolarga tegişli bölgan turarjoylarda, yer uçastkalarida ularning roziligi bilan böliş huquqiga ega.
Şu bilan birga, joriy yil 26 fevral kuni mazkur tadbirga jalb etilgan ayrim xodimlar tomonidan tadbirning mazmun-mohiyati notöğri talqin qilinişi oqibatida uşbu tadbir videotasvirlarida aks etgan holatlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining eʼtirozlariga sabab bölgan. Hozirda xabarni notöğri talqin qilib ijtimoiy tarmoqlarga tarqalişiga sababçi bölgan xodimga nisbatan viloyat IIB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinişiça, uşbu tadbirlar davomida heç qanday tergov yoki boşqa protsessual harakatlar, şu jumladan “tintuv” harakatlari olib borilmagan va tadbir fuqarolarning şaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatlarning oldini oliş kabi maqsadlarda amalga oşirilgan.
Jinoyat-protsessual qonunçiligiga köra, “tintuv” öz mohiyati va amalga oşiriş mexanizmiga köra butunlay boşqa huquqiy tabiatga ega bölgan tergov harakatidir.
Tintuv çoğida jinoyat işi uçun ahamiyatga molik narsalar, buyumlar, hujjatlar yoki elektron maʼlumotlar qidiriladi va olinadi. Bunda, zaruratga köra, xonadondagi barça joylar va mulklar (şkaf va berkitiş (saqlaş) mumkin bölgan boşqa joylar) birma-bir tekşirilib, belgilangan bayonnoma rasmiylaştiriladi.
“Özbekiston Respublikasining “Axborotlaştiriş töğrisida”gi qonunining 121-moddasiga asosan, OAVlari internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-saytiga yoxud boşqa axborot resursiga hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan axborot joylaştirilguniga qadar uning töğriligini tekşirişi lozim. Şunga köra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan, OAVlardan aholi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni notöğri talqin qilmasliklarini söraymiz”, deyiladi xabarda.









