Yonğindan söng avtomobilga örnatilgan 65 litr siğimdagi propan gaz balloni portlagan.
26 sentyabr kuni soat 12:34da Navoiy şahridagi “Temir yöl transport boşqarmasi” MÇJga qaraşli Nexia rusumli avtomobilda yonğin bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan, deyiladi davlat yonğin xavfsizligi xizmatining xabarida.
Voqea joyiga ikkita yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Bölinmalar çaqirilgan manzilga uç daqiqada yetib borgan va yonğin soat 12:39da qurşab olinib, soat 12:42da töliq bartaraf etilgan.
Nexia rusumli avtomobil töliq yonib ketgani qayd etilmoqda.
Hodisaning kelib çiqiş sababi yuzasidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilganda, haydovçi yoqilği hidini sezib, avtomobilni töxtatgani maʼlum bölgan. Haydovçi maşinani qaytadan öt oldirgan vaqtida esa alanga yuzaga kelgan.
Şundan söng, avtomobilga örnatilgan 65 litr siğimdagi propan gaz balloni yonğin oqibatida yorilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









