Farğona viloyatidagi uçta tuman — Quva, Özbekiston va Yozyovon tumanlari hokimlari işdan olindi. Şuningdek yana bir qator sektor rahbarlari lavozimidan ozod qilingan.
Farğona viloyati Xalq deputatlari kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etayotgan Prezident Şavkat Mirziyoyev bu borada şunday fikr bildirdi:
— Hayot kuraşdan iborat. Ayrim tuman hokimlari aravani torta olmayapti. Şu sababli 3 ta tuman hokimini işdan oldik.
Tuman hayotida deputatlar örni ham katta bölişi kerak. Deputat degani xalqning ovozi, xalqning dardi, deganidir. Men sizga şunça imkoniyat beryapman, endi işlaş kerak. Deputatlar farğonaça yumşoq muomala qilmasdan, aççiqroq gapiradigan, talab qiladigan vaqt keldi.
Hokimlar yerda yurib, xalqning dardini yengil qilsa, obröyi oşadi. Maşinada yurib obrö topa olmaydi.
Oxirgi 4 yilda özgariş böldimi, degan savol bor? Adolat bilan javob bersak, albatta özgariş böldi. Eng avvalo odamlar erkinlikni his qildi. Hayotimizga ommaviy axborot vositalari kirib keldi. Albatta bu holat köpçilikka yoqmaydi. Mening eng katta taşvişim — tuman miqyosidagi rahbarlar, quyi poğona rahbarlari öziga masʼuliyat olişni istamayapti. «Bizga bölaveradi», degan kayfiyatda işlamoqda.
Deputat deganlari öz maqomiga mos bölişi kerak. Men Oliy Majlisni «Xalq uyi», deb atayman. Biz mana şunday dargohga kirişga munosibmizmi? Mana şu savolga vijdonan javob bera olamizmi? Endi mudrab ötiradigan vaqt ötdi. Mudrasak qimmatli vaqtimizni yöqotamiz. Oqibatda ertaga farzandlarimizning taʼna-daşnomini eşitamiz.
Faqat Prezident izlanişda bölmasligi kerak, boşqalar ham taşabbus körsatsin. Töğri, ilgari vaziyat oğir edi, deputatlar qarsak çalişdan boşqa işni bilmasdi. Şaxsan özim ham deputatlik qilganman, viloyat, tuman hokimi bölib işlaganman. Özbekistonning qayerida qanday muammo borligini juda yaxşi bilaman.
Deputatmisiz, demak vazifangizga munosib böling. Izlaning, taklif bering, talab qiling.
Bundan buyon 4 ta sektor rahbarlari, viloyat hokimining 7 ta örinbosarlari «mahallabay» işlab, aholining muammolarini hal qilişga şaxsan masʼul va javobgar. Öz işini uddalay olmagan rahbarga nisbatan jiddiy xulosa qilinadi va lavozimidan ozod etiladi, — dedi Prezident.
Xabar.uz tomonidan xabar qilinişiça, sektorlar işini tizimli taşkil etmagani va xizmat vazifasini yetarli darajada bajarmagani uçun, quyidagi sektor rahbarlari lavozimidan ozod etildi:
Quva tumanining 4 ta sektor rahbari: hokim – Ravşan Qurbanov, prokuror – Baxtiyor Vaxobov, Içki işlar bölimi boşliği – Elyor Xaydamatov, soliq inspektsiyasi boşliği - Nosir Maqsudov.
Özbekiston tumani 2 ta sektor rahbari: hokim – Qahramon Jörayev, prokuror – Mirvoxid Otaboyev.
Yozyovon tumani 1-sektor rahbari hokim – Yölçiboy Boyigitov.









