Bugun, 18 yanvar kuni Madridning “Real” klubi sobiq futbolçisi va faxriy prezidenti Fransisko “Pako” Xento 88 yoşida vafot etdi.
Xento klub safida öynab, Yevropa çempionlar kubogini olti marta qölga kiritgan va bu natija böyiça futbol tarixidagi yagona öyinçi hisoblanadi. U vafotiga qadar “Real Madrid”ning faxriy prezidenti bölgan, bu rol unga sobiq jamoadoşi Alfredo Di Stefanodan “meros” bölib qolgan.

“Klub prezidenti va direktorlar kengaşi “Real Madrid”ning faxriy prezidenti, klubimiz va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan biri Fransisko Xentoning vafotidan çuqur qayğuda. Uning rafiqasi Mari Luz, öğillari – Fransisko, Xulio, nabiralari – Aitana va Kandelaga hamda qarindoşlari, jamoadoşlari, yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi “Qirollik klubi” xabarida.

Eslatib ötamiz, Pako Xento futbol tarixida 6 marta yevrokuboklarni qölga kiritgan yagona futbolçi sanaladi. U 1953-1971 yillar oraliğida klub şarafini himoya qilgan va “Real Madrid”dagi 18 yillik faoliyati davomida 12 marta Ispaniya çempioni bölgan.U “qaymoqranglilar” safida 600 öyin ötkazib, 182 gol urgan. Şuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida 43 marta maydonga tuşgan.









