"Instagram" şartlarni bajarmagan foydalanuvçilarga taqiq qöymoqçi

"Instagram" şartlarni bajarmagan foydalanuvçilarga taqiq qöymoqçi

Instagram foydalanuvçilari şaxsiy maʼlumotlarni kiritişdan boş tortsa, ularning xizmatdagi postlarga kirişi tösib qöyiladi. “The Verge” xabariga köra, ijtimoiy tarmoq tuğilgan sanani kiritişni talab qila boşlagan.  

Qayd etilişiça, yangi talab 2019 yilda joriy qilingan, lekin foydalanuvçining akkaunti undan oldin oçilgan bölsa, u bu talabni çetlab ötişi mumkin edi. 

Endi esa kompaniya Instagram’ga kirgan har bir kişidan şaxsiy maʼlumotlarni talab qilmoqda. Xizmatning press-relizida aytilişiça, ilova har oçilganda sörov paydo böladi. Hozirça uni yopib, postlarni köriş mumkin. 

Biroq, vaqt ötişi bilan Instagram tuğilgan sanasini körsatmaganlarga kirişni
yopib qöymoqçi. 

Kompaniya yangi talablarni kiçik auditoriyaga mos bölmagan kontent mavjudligi bilan izohlaydi. Hozirgi vaqtda esa bunday xabarlar ataylab xiralaştirib qöyilgan. 

Endi bunday fotosuratlar yoki videolarga ötişda ular tuğilgan kunini yana töliq kiritişi talab qilinadi. Şuningdek, Instagram’da foydalanuvçilarning haqiqiy yoşini va yolğon maʼlumotlar kiritganlarni aniqlaş uçun sunʼiy intellekt joriy etilişi mumkin. 

Agar sunʼiy intellekt profilda körsatilgan yoş haqiqiy yoşga töğri kelmaydi deb hisoblasa, foydalanuvçi tekşiruvdan ötişi kerak böladi. Kompaniya tekşiruvning aynan qanday bölişiga hozirça aniqlik kiritmagan. 

×