Internetdagi uruşqoqlarga sunʼiy intellekt bilan çora körilyapti

Internetdagi uruşqoqlarga sunʼiy intellekt bilan çora körilyapti

"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoği janjal isi keladigan mulohazalarga neyro-tarmoq orqali kuraş joriy qildi. Bu ijtimoiy tarmoqdagi qizğin muhokamalarni nazorat qilib turadi va foydalanuvçilar örtasida hurmatli muomalani saqlab qoladi.

Neyro-tarmoq izohlardagi matn va rasmlarni baholaydi. Unda şubhali unsurlarni topsa, moderatorga tekşiruv uçun jönatadi. Tajovuzkor fikrlar ila ijtimoiy tarmoqda janjallaşgan foydalanuvçilarga vaqtinça taqiq qöyiladi. Ayniqsa, millat va elatlarga nisbatan kamsitiş, nafrat ruhida fikr yozgan foydalanuvçilar bloklanadi.

Ötgan oyda "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqda xavfsiz va töğri muloqot qiliş qoidalari, şaxsiy yozişmalardagi nomaqbul kontentdan himoyalaniş usullarini öz içiga olgan Xabarlar xavfsizligi markazini işga tuşirdi.

×