Barçamizga maʼlumki, Respublikamizda ayol huquqlarini himoya qiliş davlat siyosatining muhim yönalişi bölib, bu borada Özbekiston Respublikasi ayollarga nisbatan kamsitişlarning har qanday turlariga ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Xususan, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan
“Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining asosiy mazmun va mohiyati ham xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularni tazyiq hamda zöravonlikning har qanday şakllaridan himoya qiliş, xotin-qizlarga nisbatan böladigan turli xil kamsitişlarni oldini oliş tizimini va huquqiy asoslarini yaratişdan iboratdir.
Mazkur qonun asosida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş,
ularni tazyiq va zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş sohasidagi munosabatlar tartibga solinib, qonun bilan xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişning ustuvor yönalişlari belgilandi.
Namangan viloyat sudi sudyalari hamda fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudining sudyalari iştirokida “Yuksaliş”, “Nurobod”, “Yangi tong”, “Mustaqillik”, “Xalqlar döstligi” MFYlarda mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi bir gurux xotin-qizlar bilan davra suhbati hamda sayyor qabul ötkazildi.
Tadbirni Namangan viloyat sudining sudyasi M.Dedamirzayeva kiriş sözi bilan oçib, öz sözida bugungi tadbirni taşkil etişdan asosiy maqsad, huquqni muhofaza qiliş organlari bilan kelgusida hamkorlikdagi işlarimizni yanada kuçaytirib, har bir mahalla kesimida xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zöravonlik qiliş xolatlarini oldini oliş çoralarini köriş ekanligiga, öz huquqini bilgan insonlar esa heç qaçon noxaqlikka uçramasligiga alohida urğu berdi.
Mazkur tadbirda qonunsiz (şarʼiy) nikohlar asosida oila quriş oqibatida huquqi buzilgan opa-singillarning qismati, erta nikoh, bugungi kundan eng muammoli masala yaʼni nikohdan ajraşişlarning soni köpayganligi kabi muammoli masalalar xususida ham gaplaşildi.
Şundan söng, xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik muammolari böyiça Namangan viloyat sudi hamda fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudining sudyalari M.Sidikova, U.xamdamovlar tomonidan tuşuntirişlar berildi.
Yiğiliş yakunida yiğiliş iştirokçilarning mehnat, oila, nikoh, ijtimoiy soxaga oid masalalarga oid savollariga ham javob berilib, ularning muammolarini hal qilinişiga kömak berildi.
Muhayyo DEDAMIRZAYEVA,
Namangan viloyat sudining sudyasi









