Şavkat Mirziyov Saudiya Arabistoniga taşrif buyuradi

Şavkat Mirziyov Saudiya Arabistoniga taşrif buyuradi

Şavkat Mirziyoyev bu hafta Saudiya Arabistoniga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov brifingda xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, 17-18 avgust kunlari Şavkat Mirziyoyev Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatga boradi.Bu oxirgi 30 yil içida davlat rahbarining uşbu mamlakatga ilk taşrifi.

Taşrif dasturiga muvofiq Jidda şahrida oliy darajadagi muzokaralar bölib ötadi. Ularda mamlakatlar örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.

Alohida eʼtibor “yaşil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlaştiriş, innovatsiyalar, kiçik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi. Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta töplami imzolanişi kutilmoqda. 

Şuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakçi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik taşkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uçraşuv ötkazadi. Şu bilan birga Prezident Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi.

×