AQŞ Kongressi Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifi iPhone 14 çiqarilişini keçiktirişi mumkin, deya xabar bermoqda GSM Acrena.
Tayvanning TCMC kompaniyasi Apple kompaniyasining asosiy çip yetkazib beruvçisi hisoblanadi. U Xitoyning Pegatron kompaniyasiga çiplarni yetkazib beradi, uning asosida iPhone yiğiladi.
Pelosining taşrifi va Xitoy va Tayvan örtasidagi savdo qoidalarini kuçaytirişi natijasida çiplarning bir qismi orolga qaytarilişi mumkin, bu esa iPhone 14 işlab çiqarişni keçiktirişi mumkin.
Eng yomoni, Pegatron vitse-prezidenti va TCMC’ning yuqori rahbarlari taşrif davomida Pelosi bilan uçraşişdi, bu Xitoy va Tayvan örtasidagi savdo uruşining boşlanişi bölişi mumkin. Pelosi sönggi 25 yil içida orolga taşrif buyurgan AQŞning eng yuqori martabali amaldoriga aylandi.
Şu bilan birga, XXR raisi Si Tszinpin “olov bilan öynaşib kuyib ketiş xavfi bor” deb ogohlantirgan AQŞ maʼmuriyati Pekinni “yagona Xitoy siyosati”dagi qatʼiyatliligiga işontirdi.
Natijada, orolga taşrif buyuriş Tayvan böğozidagi keskinlikning yangi bosqiçiga turtki böldi. 4 avgust kuni Xitoy armiyasi Tayvan qirğoqlari yaqinida maşğulotlarni boşladi, bundan taşqari, Pekin Tayvanning ikkita fondiga qarşi sanktsiyalar joriy qildi, tabiiy qum eksportini va Tayvandan tsitrus mevalari va baliq mahsulotlarining ayrim turlarini import qilişni töxtatdi.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi Vaşington va Taypeyni Pelosining taşrifining barça salbiy oqibatlari uçun javobgarlikka tortdi.









