Bugun 25 iyun kuni fuqaro H.Ibragimova (sanʼatkor) ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, Toşkent tumani IIO xodimlari uning singlisi Hanifani yaşaş xonadoniga kelib, biror bir “asossiz” uni olib ketganligi töğrisida maʼlum qilgan.
Mazkur murojaatda keltirilgan vajlar Toşkent viloyati IIBB tomonidan örganildi va quyidagilar aniqlandi.
Iş hujjatlariga köra, Jinoyat işlar böyiça Nurafşon şahar sudi fuqaro 1982-yilda tuğilgan H.I. Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi va hozirgi kunda dastlabki tergovdan böyin tovlab yurganligi hamda unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganlik holatlarni inobatga olib, fuqaro H.I.ga nisbatdan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş böyiça ajrim qilgan va uning ijrosini taʼminlaş Içki işlar organlariga yuklatilgan.
Mazkur ajrimga asosan, Toşkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda bölgan) yaşiringan manzili aniqlanib, uşlangan va ehtiyot çorasi sifatida “qamoq” qöllanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov organlarining yakuni xulosasi asosida jamoatçilikka batafsil maʼlumot beriladi.
IIBB Axborot xizmati









