Mustaqillikning ilk yillarida Namangan şahar hokimi vazifasida işlagan Akmalxon Ikromjon öğli Ikromov 76 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Maʼlumot uçun, Akmalxon Ikromov 1949 yilda Namangan şahrida tuğilgan. 1966-1973 yillarda Örta Osiyo yengil sanoat va töqimaçilik institutida öqib, u yerni imtiyozli bitirgan va injener-mexanik mutaxassisligini olgan. Şundan söng, uzoq yillar viloyat mahalliy sanoat boşqarmasida turli vazifalarda mehnat qilgan. Kosonsoy şoyi töqiş fabrikasida filiallar böyiça direktor, Namangan şahar halq isteʼmoli mollari zavodi direktori bölgan.
1992 yildan 1994 yilgaça Namangan şahar hokimi bölib işlagan. Ikromov 2009 yildan hozirgi vaqtgaça Namangan şahridagi “Olmos-xim” MÇJ kuzatuv kengaşi raisi sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.
“Akmalxon Ikromov mehnat faoliyati davomida mahalliy sanoat rivojiga, hokimlik davrida esa viloyat markazini obodonlaştirişga katta hissa qöşdi. Marhumning porloq xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi. U kişining yaqinlari va oila aʼzolariga çuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.









