IIVda yangi tayinlovlar. «Qiynoq işi» ortidan haydalgan Andijon şahar IIO FMB boşliği örniga yangisi keldi

Içki işlar vazirining şaxsiy tarkib böyiça buyruği bilan lavozim tayinlovlari amalga oşirildi.

Podpolkovnik Nazirov Şoxruxbek Xolmuxamedoviç Andijon viloyati Andijon şahar böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Ş.Nazirov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliği lavozimida xizmat qilgan.

Eslatib ötamiz, Andijonda IIV xodimlari odam öldirib qöygani uçun ikki podpolkovnik (jumladan, Andijon şahar IIO FMB boşliği) va bir qator xodimlar işdan böşatilgani xabar qilingan edi.

Şuningdek, IIVning tayinloviga köra:

Podpolkovnik Sitmuratov Usmanjan Tengeloviç Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Sitmuratov Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Tergov boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Jabborov Otabek Kamoliddinoviç Namangan viloyati Çortoq tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O.Jabborov Namangan viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliği örinbosari — terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş bölimi boşliği lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Umarov Xondamir Allayoroviç Samarqand viloyati Kattaqörğon şahar içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Umarov Samarqand viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati bataloni komandiri örinbosari-ştab boşliği lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Xayitov Rustamjon Turayeviç Farğona viloyati Buvayda tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Xayitov Farğona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi qidiruv işlarini taşkil etiş bölimi boşliği lavozimida xizmat qilgan.

×