Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida ötkazilgan futbol musobaqasida tomoşabinlar tomonidan stadionga toş otiş holatlari kuzatilganligi, natijada bir nafar şaxs jarohatlanganligi hakidagi xabarlar tarqalib, köplab muhokamalarga sabab böldi. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.
Joriy yilning 11 iyun kuni soat 21:00 da Toşkent şahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi öyinlari doirasida 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat Özbekiston – Iroq terma jamoalari örtasidagi futbol öyini boşlangan.
Öyinning 12 daqiqasida öyin hakami tomonidan Özbekiston terma jamoasining darvozaboniga qizil kartoçka körsatilib 11 metrlik jarima töpi belgilanganda, muxlislar norozi bölib, stadionga taşrif buyurgan ayrim tomoşabinlar plastmassa suv idişi va stakan, oyoq ostidagi beton parçalarini stadionga uloktirgan. Natijada stadionda fotomuxbir bölib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tuğilgan J.S. qorin böşliğidan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam körsatilgan, uning ahvoli yaxşi bölgani sababli şu kuni şifoxonadan çiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar şaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tuğilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tuğilgan T.Sarvar, 1984 yilda tuğilgan B.Töxtamurod, 2003 yilda tuğilgan J.Behzod, 2002 yilda tuğilgan V.Mehroj, 1998 yilda tuğilgan X.Abrorga sud tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan taşqari, 10 nafar fuqaro 10 sutka maʼmuriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan suriştiruv davom etmoqda. Şuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan şaxsga nisbatan daʼvosi yöqligini maʼlum qilib va ariza yozişdan boş tortgan.









