Alişer Usmonov Irina Viner bilan nega yopiq tarzda ajraşdi

Alişer Usmonov Irina Viner bilan nega yopiq tarzda ajraşdi

Alişer Usmonov xotini Irina Viner bilan ajraşayotganligi haqida xabar bergan edik. Milliarder ayoli bilan ajraşiş jarayoni nima sababdan yopiq tarzda ötganligi böyiça Usmonovning advokati batafsil töxtalib ötdi.

"Bizning işonçli vakilimiz taniqli tadbirkor, nufuzli şaxs, uning rafiqasi esa taniqli murabbiy, bu faktlarni isbotlaş şart emas.

Ular munosabatlarining maxfiyligini saqlab qolgan; nikohdan keyin ommaviy axborot vositalarida nikoh qanday davom etayotgani haqida heç qanday maʼlumot bölmagan. Şaxsiy hayot haqidagi maʼlumotlarning tarqalişi biznesga salbiy taʼsir körsatişi mumkin", dedi advokat.

Hozirda uşbu taniqli juftlikning nima sababdan ajraşayotganligi haqida maʼlumot yöq. Ammo Alişer Usmonov 50 yilga yaqin birga yaşagan turmiş örtoği bilan ajraşiş fikriga kelgan.

Ayni paytda Moskva sudida tinç ajraliş jarayoni davom etmoqda. Undan keyin mulkni taqsimlaş bilan boğliq jarayon böladimi yoki yöq nomaʼlum.

×