«Şakar vasvasasi» — Xavotirlanişga arziydimi?

«Şakar vasvasasi» — Xavotirlanişga arziydimi?

Bozorlarda şakarga navbatlar yuzaga kelgani, dökonlarda sotuvga kam çiqarilayotgani yoki narxining balandlaşi, yirik supermarketlarda şakar sotib olişga çeklov qöyilgani – bu mahsulotga ayni ehtiyoj ortgan bir paytda (şarbatlar yopiş mavsumi) odamlarda xavotir uyğotişi tayin.

Bunday tanqislikka sönggi kunlarda mamlakatimizda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari qatori şakar narxi oşgani sabab, uni ortiqça xarid qilib, ğamlab qöyişga harakat qiliş holatlari ham sabab bölmoqda.

Xavotirlanişga jiddiy asos bormi özi? Şakarni ğamlab qöyiş uçun qayta-qayta soatlab navbatlarda turiş arziydimi?

«Xabar.uz» poytaxtimizdagi ayrim bozorlardagi holatlarni kuzatdi.

Sergeli dehqon bozori

Bozor maʼmuriyatining qayd etişiça, bir neçta nuqtalarda bir kilosi uçun 10 ming sömdan şakar savdosi taşkil etilgan. Har bir xaridorga 5 kilogaça mahsulot sotib oliş imkoni berilgan.

Qöyliq dehqon bozorida navbat uzunroq.

«Karzinka» supermarketlar tarmoğida 900 gramm şakar 9890 sömdan sotilmoqda. Bir xaridor ikki kilogaça sotib olişi mumkin. Kun davomida ayrim supermarketlarda sotuvdagi şakar tugab qolişi holatlari ham kuzatilmoqda.

Şakar siyosati har doim davlat nazoratida bölgan. Yuzaga kelgan bir neça kunlik tansiqlikdan kelib çiqib, ayrimlarda şakar zaxiramiz yetarlimi özi, degan savol tuğilişi tabiiy.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi axborot xizmati içki bozordagi şakar mahsuloti narxlari töğrisida maʼlumot berdi. Maʼlumotda taşqi va içki bozorlarda şakar narxining özgariş dinamikasi va unga taʼsir qiluvçi omillar keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, qöşni va boşqa MDH mamlakatlarida narxlarning oşişi Özbekiston içki bozorida şakar narxi böyiça inflyatsion kutilmalarning kuçayişiga maʼlum maʼnoda taʼsir körsatgan.

Bozor iqtisodiyoti şaroitida hamda Özbekiston iqtisodiyotining mintaqa va boşqa davlatlar iqtisodiyotlari bilan taşqi savdo borasida hamkorlikning kengayib va erkinlaşib borişi holatida mamlakat içidagi narxlarni qöşni davlatlardagiga nisbatan keskin farq qiluvçi darajada saqlab turişning deyarli imkoni bölmaydi.

Xususan, joriy yilda mamlakatimizda şakar işlab çiqariş hajmi yanvar-may oylarida ötgan yilning şu davriga nisbatan 35 ming tonna yoki 16 foizga köproqni taşkil etib (224 ming tonnadan 259 ming tonnagaça oşgan), yaʼni taklif hajmi oşganligiga qaramay (birja orqali sotilgan hajm 177 ming tonnadan 186 ming tonnagaça köpaygan) şakar narxi, asosan, taşqi omillar taʼsirida ösişi kuzatilmoqda.

Şakar narxining ösişiga, birinçi navbatda, mazkur mahsulot va uning xomaşyosini Markaziy Osiyo mintaqasiga yetkazib beriş böyiça transport va logistika bilan boğliq muammolar hamda yoqilği resurslari narxlarining ösişi taʼsir körsatmoqda.

Mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan şakar mahsuloti aholi ehtiyojlarini taʼminlay oladimi?

Uşbu savolga javob oliş maqsadida «Angren şakar» MÇJ masʼullari bilan boğlandik.   

— Bizda işlab çiqariş quvvati sutkasiga ming tonna hisoblanadi, — deydi zavodning boş texnologi Bahrom Qurbonov. — Hozirgi paytda aholining şakarga bölgan talabini qondiriş maqsadida korxonamiz bir sutkada 1100 tonna şakar işlab çiqaryapti. Aslida korxona yiliga 300 ming tonna şakar işlab çiqariş quvvatiga ega. Korxona ortiqça quvvat bilan işlayotgani bois, har oyda 30 ming tonnadan ortiq şakar çiqarilyapti. Bu yiliga 360 ming tonna degani.  Yaʼni korxonamiz öz quvvatidan ham yuqori holatda işlayapti. Demakki, aholining ortiqça xavotir olişiga asos yöq. Biz imkoniyatlarimizni işga solgan holda, aholini uzluksiz şakar mahsuloti bilan taʼminlay olamiz. Buning uçun bizda yetarli xomaşyo bor. Şakar omborlarimizda tayyor mahsulotlar aholiga yetarli darajada jamğarilgan.

Özbekistonda şakar işlab çiqaruvçi ikkita yirik zavod — «Xorazm şakar» va «Angren şakar» masʼuliyati çeklangan jamiyatlari faoliyat yuritadi. Ular orasida 2014 yilda taşkil etilgan «Angren şakar» yirik işlab çiqariş quvvatiga ega zavodlardan sanaladi.

Mutaxassisning qayd etişiça, şakar işlab çiqarişda mazkur korxonada şakar tarkibida saxarozaning sofligiga katta eʼtibor qaratiladi. Davlat standarti talabi böyiça şakar tarkibidagi saxarozaning miqdori 99,7 foizdan kam bölmasligi kerak. Ayni paytda korxonada işlab çiqarilayotgan şakar mahsulotining tarkibidagi saxaroza miqdori 99,8 foizdan kam emas. Korxonada şakar mahsuloti şakarqamiş xomaşyosidan tayyorlanadi. Xomaşyo esa, asosan, Braziliyadan, şuningdek, Meksika va Argentina davlatlaridan keltirilyapti.

Statistika maʼlumotlarga köra, mamlakatimiz aholisining bir yillik şakarga ehtiyoji 650 ming tonnani taşkil etadi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi joriy yilda şakar işlab çiqariş hajmi mamlakatimizda 720 ming tonna yoki ötgan yilga nisbatan 22 foizga köproqni taşkil etişini maʼlum qildi. Demak, aholi ehtiyojidan ortiça mahsulot yetkazib beriladi. Yaʼni aholining şakarga bölgan talabini uzluksiz qondiriliş uçun imkoniyat yetarli darajada.

Bugungi kunda şakar atrofida yuzaga kelgan «ajiotaj» köp ehtimol bilan bir neça kun içida ötib ketadi. Bunday holat deyarli har yili şu mavsumda kuzatilib turadi. Şu sabab ayni kunlarda bu mahsulotni ortiqça ğamlab qöyişga urinişlarni joiz deb hisoblamaymiz. Har kim öz ehtiyojiga yaraşa xarid qilsa, talabdagi keskinlik pasayadi va hammasi öz iziga tuşadi.

×