Maymun çeçagi: Tez yuqmaydigan va ölim körsatkiçi past kasallik nega dunyoni xavotirga solmoqda?

Maymun çeçagi: Tez yuqmaydigan va ölim körsatkiçi past kasallik nega dunyoni xavotirga solmoqda?

Sönggi kunlarda “Maymun çeçagi” atamasi yangiliklarda tez-tez uçraydigan bölib qoldi. Afrikada muntazam uçraydigan bu kasallik Yevropaning bir neça davlatida qayd etilişi JSST tezkor yiğilişi çaqirilişiga ham sabab böldi. Koronavirusdan endi qutulaman deb turgan odamzod yangi xavfga duçor bölganiga oid gap-sözlar qançalik haqiqat?

Virus tarixi

Maymun çeçagi nomini olgan bu kasallik katta ehtimol bilan tabiatda azaldan bölgan. Lekin ilk bor 1958 yilda Daniyadagi laboratoriya maymunlaridan ajratib olingan va şu nomni olgan. Odamda esa birinçi marta 1970 yilda Kongoda qayd qilingan va şundan söng Afrika hududida muntazam uçrab turgan. 1981–1986 yillarda ötkazilgan tadqiqotlar natijasiga köra hududda jami 338 holat qayd etiladi va 33 ta ölim holati yuz beradi (9,8 foiz). 1991–1999 yillar oraliğida yana 511 ta holat röyxatga olinadi.

AQŞda 2003 yilda zoodökondagi kemiruvçi hayvonni öynagan bolada qayd etiladi va şu yilning özida yana 71 kişida bu kasallik kuzatiladi. Ularning aksariyati Ganadan olib kelingan kalamuşlarni xarid qilganlar edi. Vaqtida körilgan çoralar natijasida kasallik tarqalişining oldi olinadi, bemorlar orasida ölim holati qayd etilmaydi.

Tarqaliş – 2022

Bu kasallik Afrika qitʼasining uzoq hududlari uçun odatiy bölsa-da, 2022 yilga kelib Yevropada qayd etilgani va boşqa davlatlarda ham uçray boşlagani kutilmagan hol böldi. Maymun çeçagi kasalligi Italiya, Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Frantsiya, Şvetsiya, Avstraliya va Kanadada aniqlandi. BAAda kasallik tarqalişining oldini oliş böyiça çoralar köriş boşlandi. Boşqa davlatlar ham ehtimoliy tarqaliş oldini olişga kirişdilar. Koronavirus pandemiyasidan keyin har qanday yuqumli kasallikka nisbatan hadik paydo bölgani tufayli köpçilikning diqqat-eʼtibori maymun çeçagiga qaratildi. Belgiya hatto bu kasallikka çalinganlarni 21 kunlik karantinga olişini eʼlon qildi.

JSST maʼlumotlariga köra, 21 mayga kelib, dunyoda böyiça bu kasallikning 90 ga yaqin tasdiqlangan holatlari qayd etilgan. Yana 30 ga yaqin odam uşbu kasallikka çalinganlikda gumon qilinmoqda. Bu kasallik yoki asoratlari tufayli ölim holatlari kuzatilmagan.

Kimlar duçor bölmoqda?

Yevropadagi ilk holat joriy yilning 7 mayida Buyuk Britaniyaning Nigeriyaga borib qaytgan ikki fuqarosida qayd etildi. Keyinçalik boşqa davlatlarda, qitʼalarda, jumladan Yevropaga borib kelgan sayyohlarda ham uçray boşladi. Kasallanganlarning aksariyati 20–40 yoş orasidagi erkaklar edi. Bu yerda yana bir muhim va nozik jihat bor – 9 holatning 6 tasida kasallanganlar besoqolbozlar bölişgan.

Kasallikning ayni davrdagi yuqişi böyiça yakuniy xulosalarga kelinmagan. Çunki uning uzoq vaqtdan beri örganilgan yuqiş yöllari, yaʼni bemor yoki infektsiya taşuvçi hayvon bilan yaqin kontaktda böliş, köz şilliq qavatlari, nafas yöllari va zararlangan teri orqali virus ötişi bugungi davr voqeligiga mos kelmay qoldi. Hozir britaniyalik olimlar virus jinsiy aloqa yöli bilan ham yuqişini isbotlagan va bugun mana şu yöl örganiş hamda zarur çoralarni köriş uçun eng ustuvor bölib turibdi. Ammo jinsiy aloqa bilan ötiş ham zaxm, gonoreya kabi kasalliklar yuqişi singari odatdagidek keçmasligi hali çuqur tadqiqotlar zarurligini anglatadi.

Keçişi

Maymun çeçagi hali köpçilikni qamrab olmagan va ölimlarga sabab bölmagan bölsa-da, maşhur böla oldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli har qanday virusga nisbatan qörquv öz işini qildi. Bu kasallik asosan teri va şilliq qavatlarni zararlaş bilan keçadi hamda elementar çoralar köriş bilan ham davolanib ketiş mumkin.

Lekin xavotirlarda ham jon bor. Maymun çeçagi ham odamzodni dahşatga solgan çin çeçak kasalligi bilan bir oiladagi Poxviridae viruslar tarkibiga kiradi. Çin çeçak örta asrlarda insoniyatga çin maʼnoda qirğin solgan va unga çalinganlar 20 foizdan 90 foizgaça ölim topişgan. Tibbiyot faqat emlaş orqali bu kasallikni jilovlay oldi. Maymun çeçagi tarqalişida yaxşi xabar şuki, çin çeçakka olingan vaktsinalar bu virusga qarşi ham samarali. Yomon xabar esa kasallik yöq qilingani sabab çin çeçakka qarşi emlaş töxtatilgan.

Kasallik yuqori harorat, boş oğriği, bel va muşaklardagi oğriq va yuqori holsizlik bilan keçadi. Harorat tuşişi bilan avval yuzda, söng badanda va nihoyat qöl-oyoqlarda toşmalar paydo böladi hamda ular qattiq qiçiydi. Şişlar asta-sekin quriydi, ammo çandiq qoldiradi. Kasallik odatda 2-3 hafta davom etadi va köp hollarda özi ötib ketadi.

Mutatsiya xavfi

Zamonaviy viruslar darhol diqqatni tortib xavotirga solayotganining asosiy sababi ham tezkor mutatsiyadir. Çöçqa, parranda grippi, koronavirus ham mutatsiyalanişi tufayli tibbiyotni doğda qoldirgandi. Bu holat maymun çeçagida ham kuzatilişi heç gap emas.

Ayni paytda maymun çeçagining ikki asosiy ştammi aniqlangan – Markaziy Afrika va Ğarbiy Afrika ştammlari. Britaniyaga Nigeriyadan qaytgan ilk bemorlar nisbatan yengil keçuvçi Ğarbiy Afrika ştammiga çalingani taxmin qilinmoqda. Çunki bu ştammda Afrikaning oğir hududlarida ham ölim körsatkiçi 1 foizdan oşmagan. Bu yaxşi xabar bölsa-da, oldinda oğir keçuvçi Markaziy Afrika ştammi ham kutib turgan bölişi mumkinligini bildiradi. Hozirça yangi ştammlar qayd etilmagan.

Pandemiya xavfi yoki farmbiznesning navbatdagi öyini?

Pandemiya xavfi yöqligi aniq. Çunki maymun çeçagi koronavirus singari yangi va yuqişi tezkor kasallik emas. Şu bilan birga, koronavirusga qarşi kuraş hamon davom etmoqda va odamlar elementar profilaktikaga örganişdi. Bu nafaqat maymun çeçagi, balki boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini olişda ham qöl kelmoqda.

Gigant kompaniyalarning dori savdosini oşiriş böyiça harakatlariga oid isbotlangan fakt yöq. Lekin har qanday epidemiya yoki pandemiya ularning çöntagini töldirişi aniq. Odam bu tuzoqqa tuşmasligi uçun özini ehtiyot qilişi lozim, çunki kasallik yuqiş yöllari tuşunarli.

Özbekistonda...

Mamlakatimizda maymun çeçagi qayd etilmagan. Ammo bu ehtiyotkorlikni susaytiriş mumkinligini anglatmaydi. Çegaralar oçiq, ikki yil davomida yopiq bölgan yönalişlar, qatnovlar deyarli butunlay tiklandi. Endi ularni qayta yopiş amalda imkonsiz va samara bermaydi ham. Yagona çora – profilaktika.

×