Insoniyatda issiqlikni uşlab turuvçi çiqindilarni çiqarişga keskin özgarişlar kiritib, “dunyoni qutqarişi" uçun atigi ikki yil qoldi, bunday katta özgarişlarni moliyalaştiriş uçun esa undan ham kamroq vaqt bor. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça Konventsiyasi ijroçi kotibi Saymon Stil keça, 10 aprel kuni Londondagi Chatham House tahlil markazidagi çiqişida söz oçdi.
Uning aytişiça, butun dunyo hukumatlari 2025 yilda karbonat angidrid çiqindilarini çeklaş böyiça yangi va yaxşiroq rejalar işlab çiqişlari kerak. U şu oy Vaşingtonda global moliya böyiça hal qiluvçi uçraşuvlar bölib ötişini eslatdi.
“Bizda hali ham yangi avlod milliy iqlim rejalari orqali issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş imkoniyati mavjud. Ammo hozir bizga kuçliroq rejalar kerak”, deydi Stil.
U iqlim özgarişiga qarşi kuraş faqat kuçli odamlarning işi emasligini aytdi.
“Dunyoni qutqariş uçun kimning ikki yili bor? Javob – bu sayyoradagi har bir odamning. Borgan sari köproq odamlar iqlim inqirozining taʼsirini kundalik hayotlarida va uy xöjaliklari byudjetlarida his qilganlari uçun barça jamiyatlar va siyosiy doiralarda iqlim özgarişiga qarşi çoralar körişni xohlaşadi", deydi Stil.
Ammo hamma ham bunday ogohlantirişlar foydali bölişiga işonç hosil qilmaydi.
"Dunyoni qutqariş uçun ikki yil – maʼnosiz ritorika. Eng yaxşi holatda, bu eʼtibordan çetda qolişi mumkin, eng yomoni, bu samarasiz böladi ", deydi Prinston universiteti iqlimşunosi, xalqaro munosabatlar böyiça professor Maykl Oppenhaymer.
AQŞ hukumati hisob-kitoblariga köra, havodagi karbonat angidrid va metan miqdori ötgan yili rekord darajaga yetgan, olimlar esa global karbonat angidrid çiqindilari 1,1 foizga oşganini taxmin qilmoqda. Global harorat monitoringi guruhlari esa ötgan yil rekord darajadagi eng issiq yil böldi, degan xulosaga keldi.
Maʼlumotlarga köra, agar kömir, neft va tabiiy gazni yoqiş oqibatida karbonat angidrid va metan çiqindilari ösişda davom etsa yoki keskin kamaymasa, bu dunyoning eng boy va eng qaşşoq mamlakatlari va jamoalari örtasidagi ulkan tengsizlikni yanada kuçaytiradi.
“Bularning barçasi ortida pul turibdi. Hali ham vaqt va moliya muammoning markazida ekani mutlaqo töğri", deydi Yevropaning E3G tahlil markazining uzoq yillik iqlim böyiça tahlilçisi Alden Meyer.
Climate Analytics boş direktori Bill Xarening taʼkidlaşiça, Parij iqlim kelişuvining global haroratning 1,5 darajagaça kötarilişini çeklaş ambitsiyalarini qondiriş uçun ön yillik oxiriga qadar global emissiyalarni ikki baravar kamaytiriş kerak.
“Hukumatlar bundan yiroq va köpçilik hali ham yangi qazilma yoqilğilarni işlab çiqişni qöllab-quvvatlamoqda. Agar biz 2030 yilga borib sezilarli qisqartirişga erişmoqçi bölsak, biz hozir harakatda katta ösişni körişimiz kerak – qayta tiklanadigan energiya manbalari, elektr transport vositalari va akkumulyatorlarning tezroq köpayişi. Qança uzoq kutsak, şunça qimmatga tuşadi”, deydi Xare.









