Namanganda Qarovsiz qoldirilgan avtomaşinadan pul va buyumlarni öğirlagan şaxs qölga olindi.

Namanganda Qarovsiz qoldirilgan avtomaşinadan pul va buyumlarni öğirlagan şaxs qölga olindi.

2022 yil 12 may kuni, Namangan şahar Diyor MFYda yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Ariza muallifi şu kuni soat 14:00 larda, yaşaş uyi oldida Spark rusumli avtomaşinasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum şaxs, avtomaşina old oynasini oçiq qolganligidan foydalanib, salonida bölgan 2.000.000 söm pul, narxi 800.000 sömlik “LG” rusumli uyali telefon apparati va 1 dona 64 GB hajmli fleşkasini öğirlab ketganligini maʼlum qilib, çora körişni söragan.

Namangan şahar IIO FMB 1-sonli IIB HPB profilaktika inspektori J.Möydinov tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni Yangi Namangan tumani Yoşlik MFYda yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan şaxs sodir etganligi aniqlanib, daliliy aşyo olingan.

Uşbu holat böyiça Namangan şahar IIO FMB TB tomonidan 2022 yil 13 may kuni Öz.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

×