Şanba va yakşanba kunlari qanday ob-havo kuzatilişi maʼlum qilindi

Şanba va yakşanba kunlari qanday ob-havo kuzatilişi maʼlum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati kelayotgan dam oliş kunlari uçun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. 

Ötgan dam oliş kunlari yoğib ötgan yomğir va keskin sovuqdan söng, uşbu haftada quyoşli va iliq ob-havo kuzatildi. 

Dam oliş kunlari va keyingi hafta boşida respublika böyiça kuçsiz şamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.

Keçasi va ertalab hali juda salqin, 6-9° iliq atrofida böladi, kun davomida quyoş havoni 22-25° iliqqaça isitadi. Bu oktyabr oyining örtalari uçun bölgan meʼyoriy qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. Biroq, şuni eslatib ötamizki, eng issiq bölgan oktyabr oylarida Toşkentda kunduz kungi harorat 32-35° iliqqaça kötarilgan.

×