Elnur Abduraimov kubalik raqibini 2-raunddayoq nokautga uçratdi – video

Elnur Abduraimov kubalik raqibini 2-raunddayoq nokautga uçratdi – video

Professional boksning yengil vazn toifasida harakat qilayotgan özbekistonlik Elnur Abduraimov Las-Vegasda özining navbatdagi jangini ötkazdi.

Unga bu jangda kubalik Manuel Korrea raqiblik qildi. 8 raundga möljallangan jang 2-raundda öz nihoyasiga yetdi. Elnur qarama-qarşilikni faol boşladi va raqibini ikkinçi raunddayoq nokautga uçratdi.

Şu tariqa, Elnur Abduraimov navbatdagi jangida ham muddatidan oldin ğalaba qozondi. Korrea esa faoliyatidagi ilk mağlubiyatni qabul qilib oldi.

Bu Elnurning prof boksdagi ketma-ket 9-ğalabasi böldi. Boksçi bu ğalabalarning sakkiztasi nokaut bilan qölga kiritgan.

×