«Xohlagan joyingga yoz, xohlagan joyingga bor»: Qaşqadaryoda YPX xodimlari jazolanmaydimi?

«Xohlagan joyingga yoz, xohlagan joyingga bor»: Qaşqadaryoda YPX xodimlari jazolanmaydimi?

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda köp uçratadigan holatlarimizdan biri bu Yöl patrul xizmati  inspektori va fuqaro örtasidagi tortişuvlar desak adaşmagan bölamiz. 

Ana şunday vaziyatlarda haydovçining noqonuniy harakatlaringizdan şikoyat qilaman degan iddaosini va YPX xodimining xohlagan joyinga yoz, xohlagan joyinga bor, xohlagan joyinga murojaat qil degan javobi ham barçamizga sir emas.

2019-yilning 24-may kuni Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi komandiri B.Eşimov haydovçi M.M ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiradi.
Maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiriş davomida YPX xodimi tomonidan haydovçiga Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 294-moddasini tuşuntirilmaydi. (bunday holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda juda köp kuzatiş mumkin)
Içki işlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyruği 12 bandida Maʼmuriy bayonnomani tuziş paytida huquqbuzarga 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burçlari tuşuntirilişi aytilgan. Bu bilan körinib turibdiki xodim buyruqni buzdi.YPX xodimi maʼmuriy bayonnomaga huquqbuzarlik sodir etilgan köçaning nomini «Ipak yöli» qöçasi deb yozadi va haydovçi tomonidan köça nomi bunday emasligi, aslida boşqa köçada turişganini aytib bu haqda maʼmuriy bayonnomada yozib ötadi. Şundan keyin xodimni uşbu harakati ustidan tegişli idoralarga murojaat qilganda maʼmuriy bayonnomadagi özi yozgan köça nomini öçirib ustidan haqiqiy töğrisini yozib qöyadi.Içki işlar vazirining 2011- yil 31- maydagi 68-son buyruği 22 bandida Maʼmuriy bayonnomalar qatʼiy hisobdagi hujjatlar hisoblanişi, unda öçirib yozişga, tuzatişga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatişga yöl qöyilmasligi aytilgan. Demak buyruqning bu talabini ham buzmoqda.

Uşbu holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xodimga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazildi va xodim IIVning buyruq talablarini buzmagan deb topildi.

Bu hizmat tekşiruvi xulosasidan norozi bölib qayta yozilgan murojaat esa örganiş örniga birinçi tekşiruv natajasini maʼlum qiliş bilan yopildi. Mana sizga fuqarolar murojaati-yu, mana sizga murojaatlar töğrisidagi qonun. Mana sizga ustingdan şikoyat qilaman degan gapga YPX xodimlari javobining sababi.

suratning pastki qimsi boşqa masalaga oid bölganligi sabab öçirildi

Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi YHXB tomonidan nega şunça narsa eʼtiborga olinmasdan kör-körona xizmat tekşiruvi ötkazilayapti? Bunday holatlar doimiymi? Qaşqadaryo YPX xodimlari jazolanmasmi?

Körib turganingizdek, xodim mana şunça hatti-harakatlari bilan xizmat intizomini buzgan bölsada, uning boşliq böla turib intizomni buzişini qöpol ravişda intizom buziş deb baholaş örniga, xizmat tekşiruvi ötkazgan xodimlar intizom buzilişini aniqlolmay ovvora. Menimça xizmat tekşiruvi ötkazgan xodimlar ham bu qonun qoidalardan behabar bölsa ajab emas.

Maqsud Muzaffarov

×